Davra suhbati 2020 yil 29 oktyabrda qabul qilingan «Ilm-fanni 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi PF-6097-sonli prezident farmoniga binoan, mahalliy jurnallarni Scopus, Web of Science yoki boşqa umume'tirof etilgan ma'lumotlar bazalariga kiritişga qömaklaşiş maqsadida ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan xalqaro ekspertlar iştirokida ötkazildi.
Hozirgi vaqtda xalqaro ma'lumotlar bazalarida ilmiy noşirlik işlarining köpayişi jahon bozorida jadal rivojlanayotgan raqobatni keltirib çiqarmoqda. Ilmiy davriy naşrlarning sifatini yaxşilaş mamlakatda ilmiy jamoatçilik samaradorligini oşirişning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.
Yurtimizda yönalişlar böyiça 200 ga yaqin ilmiy jurnal öz faoliyatini olib boradi.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markaziga 2021-2023 yillarda mahalliy olimlarning ilmiy natijalarini xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalariga kiritiş vazifasi yuklatilgan.
Tadbir davomida xalqaro naşriyotlar vakillari iştirokçilarga ilmiy jurnallarni yetakçi ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiliş va kriteriyalar böyiça ma'lumotlar berdi.
ÖzFA Matematika instituti direktor örinbosari Ğolibjon Botirov ilk bora ötkazilayotgan bu kabi davra suhbati ahamiyati töğrisida fikr bildirdi.
«Bugungi anjuman maqsadi jurnallarimiz sifatini yaxşilaş va xalqaro talablarga javob beradigan formatda tayyorlaşga kömaklaşiş hisoblanadi. Iştirokçilar orasida tört nafar xorijiy ekspert ham bor, ular öz tavsiyalarini berişmoqda. E'tibor qaratgan asosiy jihatlardan biri Özbekistondagi jurnallarning kuzatuvçilari soni kamligi. Hozirgaça ba'zi bir jurnallarning veb-saytlari deyarli işlamaydi, hatto. Çiqayotgan maqolalar saytga qöyib borilişi, jurnal tahririyati a'zolarining mualliflarga bölgan munosabati ham yaxşi emas.
Şuningdek, yaxşi ilmiy natijalar çop etilmayotgani, tahrir hay'ati faqat mahalliy olimlardan iboratligi kamçilik sifatida qayd etib ötildi.
FA Matematika institutining jurnallaridan biri töliq ingliz tilida çiqadi, bu jurnal 1957 yildan ilmiy maqolalarni naşr etib keladi. 2007 yildan boşlab esa ingliz tilidagi maqolalar çop etila boşlagan bölsa, 2018 yildan töliq ingliz tilida yuritilmokda, AQŞ matematiklar jamiyati bazasida röyxatdan ötgan, endigi vazifa Scopus va boşqa bazalarga kiritiş», dedi Ğolibjon Botirov.
















