Germaniyada 95 yoşli Xans X.ga ayblov qöyildi, u 1944-1945 yillarda Avstriya hududidagi Mautxauzen konslagerida soqçi bölgan.
Prokurorlar uni xizmat vaqtida lagerda vafot etgan 36 ming 223 kişining ölimiga aloqadorlikda ayblaşmoqda. Tergov ma'lumotlariga köra, Xans X. lagerdagi öz işi davomida bu odamlarning ölimiga qisman sababçi bölgan. «U qotillikning barça usullari va mahbuslarning dahşatli hayot şaroiti haqida yaxşi bilgan», - deya ma'lum qilişdi prokuraturadan.
Sud organlari Xans X. sudga tortilişi mumkin ekani haqidagi qarorga kelişlari lozim.
Germaniya qonunlari bevosita natsistlar rejimi tomonidan odamlarning öldirilişida iştirok etmagan, biroq ular bilan hamkorlik qilgan şaxslarni javobgarlikka tortiş imkonini beradi. Sönggi yillarda konsentratsion lagerlarda işlagan bir neça nafar keksa odamlarga ayblov qöyildi; ulardan ikki nafari qamoq jazosiga hukm qilindi, ammo ular hukm ijrosidan avval vafot etişdi.

















