Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, IŞID terrorçilik taşkiloti Suriyadagi siyosiy rejimni özgartiriş böyiça vazifada AQŞ ittifoqçisi sanaladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning bildirişiça, kuni keça AQŞ Davlat departamenti IŞID hozirça mağlub etilmagani hamda uni bartaraf etiş uçun avval Suriyadagi rejimni özgartiriş zarurligi haqida ma'lum qilgandi.

«Mening IŞID amerikaliklar tomonidan Suriyadagi harbiy iştirokni oqlaş sifatida körilayotgani va Suriya rejimiga qarşi kuraşda deyarli ittifoqdoş ekani haqidagi taxminim tasdiqlanmoqda», - deya xulosa qildi Lavrov.

Vazirning qayd etişiça, Amerika Qöşma Ştatlari uçun hozirgi paytdagi asosiy vazifa - IŞIDni mağlub etiş emas, balki Suriyadagi rejimni özgartiriş.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Suriya uzra «himoya soyaboni» Isroil rejalarini murakkablaştirişi xabar berilgandi.