Fransiya poytaxtida Eyfel minorasi norozilik namoyişlari tufayli yopiladi. Bu haqda diqqatga sazovor joyning tvitterida xabar berildi.

«Eyfel minorasi 24 noyabr kuni yopib qöyiladi, bu Mars maydonida ötkaziladigan namoyişlar tufayli yuz beradi», - deyiladi xabarda.

TASS ma'lumotiga köra, gap benzin narxining ösişi va soliqlarning oşirilişiga qarşi norozilik namoyişlari haqida bormoqda.

Ta'kidlanişiça, taxminan 30 mingga yaqin odam Parijga aksiyalarda iştirok etiş maqsadida kelmoqçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiyada yoqilği narxining kötarilişiga qarşi ommaviy noroziliklarda bir kişi halok bölgandi.