«Bavariya» Germaniya chempionati 12-turida, o‘z maydonida «Fortuna» (3:3) bilan durang o‘ynadi. 

Bu myunxenliklarning qatorasiga to‘rtinchi g‘alabasiz uy o‘yinidir.

Gracenote Live xabariga ko‘ra, bu bilan «Bavariya» o‘z maydonidagi g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi antirekordini takrorladi. Klub 1966 yil aprel-sentabr oylarida va 1994 yil sentabr-oktabr oylarida qatorasiga 4ta o‘yinni yutolmagan edi.

Ayni paytda «Bavariya» 21 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Borussiya» D klubidan 9 ochko orqada boryapti.