Jahon | 09:18 / 25.11.2018
7087
3 daqiqa o‘qiladi

Gibraltar Britaniya suvereniteti saqlab qolinishini aytdi

Foto: RIA Novosti

Buyuk Britaniya Gibraltar ustidan suverenitetni saqlab qoladi, London Yevropa Ittifoqi bilan bo‘lg‘usi munosabatlar bo‘yicha bu hududni ham o‘z ichiga oluvchi “butun britan oilasi” nomidan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Gibraltar bosh vaziri Fabian Pikardo aytib o‘tdi.

“Buyuk Britaniya suverenitetimizni bizning istakka qarshi bermaydi. Buyuk Britaniya biz rozi bo‘lmayotgan suverenitet masalasini muhokama qilish jarayonini hech qachon boshlamaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Pikardo.

Uning aytishicha, Gibraltar hukumati “suverenitetning biror-bir zaiflashishidan manfaatdor emas”. “Biz suverenitet, Ispaniya nazorati yoki yurisdiksiyasi masalasida kichik yon bosishga ham imkon berishdan manfaatdormasmiz. Bugun bosh vazir Tereza Mey tasdiqlaganidek, Gibraltar suvereniteti Britaniyaniki va shunday bo‘lib qoladi”, deb qo‘shimcha qilgan Pikardo.

Pikardo Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesni ispan diktatori Fransisko Franko siyosatiga amal qilayotganlikda aybladi. “Siz Gibraltar ustidan suverenitetga bugungi kunda qilganingizdek ko‘rinishda erishmoqchi bo‘layotganingiz – generalissimus siyosatining davomidir. O‘z yo‘nalishingizni o‘zgartirasiz, deb umid qilaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Gibraltar bosh vaziri. 

Pikardo Ispaniya talabi bilan Brexit bo‘yicha hujjatlarga kiritilgan qo‘shimchalar Sanchesning Gibraltarning kelajagi bo‘yicha biror kafolat olganini anglatmasligini aytdi. “Chunki Buyuk Britaniya muzokaralarni butun britan oilasi nomidan olib borayotganini aniq bildirib qo‘ydi. Janob Sanchesga bu yoqadimi, yo‘qmi, bu oila bizni ham o‘z ichiga oladi”, deb aytgan Pikardo. 

Ispaniya bosh vaziri Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha kelishuv va bo‘lg‘usi munosabatlar haqidagi deklaratsiyaga taqiqlovni oldi. Uning aytishicha, Madrid muzokaralarda kelishuvga kelib, unga ko‘ra Brexit’dan keyin Gibraltarning Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy, huquqiy va geografik munosabatlari Ispaniya orqali o‘tadi.    

Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasida Gibraltarga egalik qilish bo‘yicha hududiy bahs 300 yildan ko‘proq davom etib keladi.  1967 va 2002 yillarda o‘tkazilgan referendumlarda 99 foiz gibraltarliklar Britaniya tarkibida qolishni istashgan. Hududda hokimiyat Buyuk Britaniya qirolichasi va Gibraltar parlamentiga tegishli ekani ko‘rsatilgan konstitutsiya amal qiladi. Gibraltarni o‘z hududi deb hisoblovchi Ispaniya esa Buyuk Britaniyaga uning ustidan “qo‘shma suverenitet”ni o‘rnatishni taklif qilgan. Madridning fikricha, vaqti kelib bu hudud ustidan ispan suvereniteti tiklanishi kerak.

Mavzuga oid