Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi beshinchi jangini o‘tkazdi.

Amerikalik Isak Zaratega (16-3-3) qarshi jangda Ahmadaliyev WBA Inter-Continental Super Bantamweight Title chempionlik kamarini himoya qildi.

10 raundga mo‘ljallangan jangning yettinchi raundida Ahmadaliyevning ketma-ket zarbalaridan keyin referi uning texnik nokaut bilan g‘alabasini qayd etdi.

Shu tariqa, Ahmadaliyev professional ringdagi g‘alabali seriyasini (5-0, 4 KO) qayd etish bilan birga, o‘z kamarini saqlab qoldi.

Foto: Twitter

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish