Dam olish kunlari Italiya chempionatida 13-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

«YuVeNTUS»NING IShONChI G‘ALABASI, RONALDUNING NAVBATDAGI GOLI

«Yuventus» o‘z maydonida SPAL bilan bellashdi. Turinliklar autsayderlardan biriga qarshi bahsda ortiqcha kuch sarflamay, osonlikcha, 2:0 hisobida g‘alaba qozondilar.

29-daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. U Pyanichning jarima zarbasidan oshirgan to‘pini darvozaga yo‘lladi. Bu portugaliyalikning chempionatdagi 9-goli bo‘ldi. 60-daqiqada Duglas Kosta uzoq masofadan zarba yo‘llaganida, darvozabon uni qaytardi. Ammo Manjukich to‘pga yetib kelib, uni darvozaga yo‘lladi.

Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 37 ochko bilan peshqadamlikni yanada mustahkamlab oldi.

.Bellashuvdan keyin, turinliklar himoyachisi Leonardo Bonuchchi g‘alabani quyidagicha izohladi: «Terma jamoa o‘yinlaridan so‘ng, ilk o‘yindayoq yuqori tempda harakat qilish osonmas. Biz juda yaxshi o‘ynab, raqibga imkoniyat bermadik. Ronaldu - top-professional, biz dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan kuchaydik. Endi e'tiborimizni Chempionlar Ligasiga qaratamiz. Biz guruhda birinchi bo‘lmoqchimiz».

Yuventus – SPAL 2:0 (1:0, 1:0)
24 noyabr, «Alyants Stedium»
Gollar: 1:0 – 28 Ronaldu, 2:0 – 60 Mandjukich.
Yuventus – Perin, De Shilo, Rugani, Bonuchchi, Aleks Sandro (Kellini, 87), Kuadrado, Pyanich, Bentankur, Duglas Kosta (Matyuidi, 72), Manjukich, Ronaldu.
SPAL – Gomis, Ladzari, Chonek, Felipe, Bonifatsi, Fares, Missiroli (Valoti, 59), Skyattarella (Valdifori, 83), Kurtich, Antenuchchi, Petanya (Paloski, 85).

Ogohlantirishlar: Chonek (39), Fares (49), Bentankur (64), Skyattarella (74).

NeAPOLDA SeNSATsIYa – «NAPOLI» AUTSAYDeRNI MAG‘LUB ETOLMADI

«Napoli» o‘z maydonida musobaqaning yaqqol autsayderi «Kevo»ni qabul qildi. O‘yin kutilmaganda 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Mezbonlar ikki barobar ko‘p vaqt davomida to‘pni nazorat qilib, darvoza tomon 17 marta zarba yo‘lladilar. Biroq, «Kevo» himoyasi bu o‘yinda xatolikka yo‘l qo‘ymadi. Chempionatda biror marta g‘alaba qozonmagan jamoa, haqiqiy sensatsiya qayd etib, Neapoldan ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.