Toshkentda isitish tizimi va issiq suv narxi yana oshadi

Foto: Dreamstime
8 dekabrdan boshlab Toshkentda «energiya tashuvchilar va materiallar narxi oshishi» munosabati bilan markaziy isitish tizimi va issiq suv ta'minoti tariflari ko‘tariladi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» korxonasi xabar berdi.
Aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1610,99 so‘mgacha oshiriladi. Issiq suv ta'minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 18609,24 so‘mni tashkil etadi, hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta'minoti kubometriga 4765,20 so‘mga teng bo‘ladi. Umumiy yuvinish xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 13843,47 so‘mni tashkil etadi.
Issiqlik energiyasi hisoblagichlari bo‘lmagan yuridik shaxslarga issiqlik energiyasini yetkazib berish tarifi issiqlik energiyasiga belgilangan tarifning ikki barobarlik miqdorini qo‘llangan holda amalga oshiriladi (ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yuridik shaxslarga yetkazib beriluvchi isitish uchun issiqlik energiyasidan tashqari).
Issiq suv hisoblagich qurilmalari bo‘lmagan aholiga yetkazib beriladigan issiq suv uchun haq issiq suv ta'minoti xizmatlariga o‘rnatilgan tariflarga 1,5 barobarlik oshib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Propiskadan o‘tmagan fuqarolar bo‘lgan turar-joy inshootlarida issiq suv uchun o‘lchash moslamalari mavjud bo‘lmaganda, issiq suv ta'minoti xizmatlari uchun hisob-kitoblar iste'mol normalari, issiq suv ta'minoti xizmatlarining belgilangan tariflariga 1,5 barobarlik koeffitsiyentni quyidagicha hisoblagan holda o‘rnatiladi:
- bitta xonali va ikki xonali kvartiralarda bir kishi uchun;
- uch xonali kvartirada ikki kishi uchun;
- to‘rt xonali kvartirada uch kishi uchun;
- besh xonali kvartirada to‘rt kishi uchun.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda issiq suv va issiqlik ta'minoti narxlari 2018 yil 16 noyabrdan boshlab oshirilgandi.
Bunga qadar issiq suv va isitish tariflari shu yilning mayida oshgandi. Unga ko‘ra, Toshkent aholisi, hisoblagich bo‘lgan holatda issiq suvning bir kubometri uchun 10,6 foizga o‘sib, 3915,9 so‘mdan 4332 so‘mga yetgandi. Hisoblagich mavjud bo‘lmaganda oyiga kishi boshiga 16 917,49 so‘m to‘langan.
Markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri 1423,86 so‘mdan 1464,53 so‘mga oshirilgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi
Jahon | 19:44
-
Eron parlamenti Hormuz bo‘g‘ozini yopishi mumkin
Jahon | 19:25
-
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52
-
Britaniyalik amaldorlar bir yil ichida 2 mingdan ortiq mobil qurilmani yo‘qotib qo‘ydi - The Guardian
Jahon | 18:14
Mavzuga oid

08:03
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:13 / 19.06.2025