Eksport shartnomalari endi bojxona organlarida ro‘yxatga qo‘yilmaydi: hech qanday istisnolarsiz
Istisno tariqasida amal qilib kelgan ayrim mahsulot turlarini eksport qilish uchun shartnomalarni bojxona organlarida ro‘yxatga qo‘yish talabi bekor qilindi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi «Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–5582-sonli farmonida o‘z aksini topgan.
Norma.uz ma'lumotiga ko‘ra, 2003 yilning 1 oktabridan O‘zbekistonda Import shartnomalarini bojxona monitoringi tizimi (Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi, TSOYaEAT) amal qilib kelmoqda. Uning mavjudligi amalda eksport shartnomalarini bojxona organlarida ro‘yxatga qo‘yish zaruriyatining to‘liq o‘rnini egalladi.
Biroq, shu paytgacha ayrim istisnolar amal qilib kelmoqda edi. Davlat bojxona xizmati organlarida (qonunchilikka muvofiq eksport shartnomasiga tenglashtirilgan shartnomalaridan tashqari) ayrim tovarlar eksportiga tuzilgan shartnomalar ro‘yxatga qo‘yib kelinayotgan edi. Jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 3 noyabrdagi PF–5215-sonli farmonining 1-ilovasiga ko‘ra;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini ta'minlash va eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 dekabrdagi PF–5286-sonli farmonining 1-ilovasiga ko‘ra;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 3 noyabrdagi PQ–3351-sonli qarori ilovasiga ko‘ra.
Prezidentning 2018 yil 24 noyabrdagi PF–5582-sonli farmoni kuchga kirishi bilan barcha mahsulotlar bo‘yicha eksport shartnomalarini bojxona organlarida ro‘yxatga qo‘yish talabi bekor qilindi. O‘z-o‘zidan, yuqorida tilga olib o‘tilgan istisnolar ortiq amal qilmaydi.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022