Car of the Year tanlovi hay'ati Yevropaning “2019 yil avtomobili” nomini oliş uçun 7 ta asosiy avtomobilni tanlab oldi. 

Joriy yilda 23 ta davlatdan 60 jurnalist 42 ta modeldan 7 ta eng yaxşisini tanlab olişiga töğri keldi. Final bosqiçda hay'atning har bir a'zosi 25 ballni eng yoqqan maşinalar orasida taqsimlaşi kerak böladi.

Ovoz beriş natijalariga köra yil avtomobili aniqlanadi. Natijalar 2019 yil bahorida ma'lum qilinadi. Ovoz beriş vaqtida har bir finalçi avtomobil bir jurnalistdan 10 balldan köproq ball ololmaydi.

Finalçilar röyxatiga quyidagi modellar kiritilgan: 

Alpine A110 sportkari;
4-avloddagi Ford Focus;
3-avloddagi Kia Ceed;
Peugeot 508 oilasi;
Citroen C5 Aircross krossoveri;
Jaguar I-Pace elektr krossoveri;
A-sinfidagi Mercedes-Benz xetçbegi.