Özbekiston prezidentining Inson huquqlari sohasidagi islohotlarni olqişlaş mumkin. International Partnership for Human Rights (Inson huquqlari böyiça xalqaro hamkorlik) taşkiloti vakili Brijit Dyufor Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida şunday fikrni bildirdi. Şu bilan birga, islohotlar amaliyotga köproq köçişi maqsadga muvofiq. 

2018 yil 22-23 noyabr kunlari Inson huquqlari böyiça umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan Samarqand şahrida Inson huquqlari böyiça Osiyo forumi bölib ötdi. Anjuman faoliyatini yoritgan Kun.uz muxbiri International Partnership for Human Rights (IPHR) taşkiloti vakili Brijit Dyufordan (Brigitte Dufour) qisqa intervyu oldi. Quyida uning Kun.uz muxbiri savollariga bergan javoblari bilan tanişişingiz mumkin.

Tolib Rahmatov: – Özbekistonda Inson huquqlari bilan boğliq vaziyatni qanday baholaysiz?

Brijit Dyufor: – Savolingiz uçun rahmat. Taşkilotimning qaraşi şundayki, islohotlar olqişlanişi kerak. Biz Prezident tomonidan intilişlar borligini körmoqdamiz, biroq ehtiyotkorlikka iqtisodiy sabablar asos bölayotgani ehtimol. Şu bilan bir vaqtda, inson huquqlarini himoya qiliş borasidagi islohotlar hayotga tatbiq etilayotganini körmayapmiz. 

Biz joylarda köp ham özgarişlarni guvoh bölganimiz yöq. Biz davlat mulozimlari bilan uçraşganimizda köplab ijobiy jihatlarni eşitayapmiz. Ammo, hayotda kam uçratmoqdamiz. 
Misol uçun, xalqaro taşkilotlar ekspertlari uçraşuvi bölib ötdi. Tojikiston, Qirğizistondan köplab huquq himoyaçilari qatnaşdi. Ammo, Özbekistonning nohukumat taşkilotlari vakillari juda kamçilikni taşkil etdi. Çunki, bizlarni taklif qilişgan, lekin ularni ilgariroq taklif qilişmagan. 

Joylardagi haqiqiy holat haqida gapiradigan bölsak, qoğozda yozilayotgan narsalar hayotga tatbiq etilişi juda muhimdir. Bunda fuqarolik jamiyatlari örni beqiyosdir. Biz Özbekistonda köplab huquq himoyaçilari xususida qayğurmoqdamiz, afsuski, köplab hamkorlarimiz NNTlarini röyxatdan ötkaza olişmagan. Çunki, röyxatdan ötiş imkoniyatiga ega böliş ham juda murakkab jarayondir.

T.R.: – Samarqand Forumidan nimalarni kutmoqdasiz?

B.D.: – Menimça, bu forum hozirça, ramziy ma'noga ega. Balandparvoz gaplar va anjumanlar, mamlakatning oçiqligini körsatişi kerakdek. Şu bilan birga, eng muhimi, bu gaplar ajoyib boğlarda gapirilmayapti, balki aynan şu yerda insonlar uçun taşkil etildi. Şu boisdan ham, men öz çiqişimda ham aytganimdek, uşbu maydonda yangragan barça ma'ruzalar natijalari Özbekiston huquq himoyaçilariga taqdim etilişiga işonç hosil qiliş kerak. Umid qilamanki, şunday ham böladi. Biz, hukumatda huquq himoyaçilaridan xavotir olişlariga asos yöqligi borasida tuşuniş paydo böladi, degan umiddamiz. Ularning barçasi fuqarolik jamiyati barpo etişda qonuniy öz örniga ega.