«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi töğrisida»gi qonuniga özgartirişlar kiritildi. 

Unga köra, Qonunçilik palatasining deputati bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bölişi mumkin emasligi belgilandi. 

Şuningdek, ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunçilik palatasining Spikeri bölişi mumkin emasligi belgilandi. 

«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi töğrisida»gi Qonunga kiritilgan özgartirişga köra, deputatga va senatorga 36 iş kunidan iborat haq tölanadigan har yilgi mehnat ta’tili beriladi. 

«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, inson bilan davlat organlarining özaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunçilikdagi barça ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.