22-23 noyabr kunlari Samarqandda Inson huquqlari böyiça Ⅰ Osiyo forumi bölib ötdi. Inson huquqlari milliy markazi rahbari Akmal Saidov forum an'anaviy tarzda 2 yilda bir marotaba Samarqand şahrida taşkil etilişini bildirdi. Anjumanda iştirok etgan Kun.uz muxbiri forumda qatnaşgan xalqaro taşkilotlar vakillaridan qisqa intervyular oldi. Xususan, quyida YeXHT DIIHB (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti, Demokratik institutlar va Inson huquqlari byurosi) direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir bilan bölgan suhbat mazmuni bilan tanişişingiz mumkin. 

Youtube'da köriş

Mover'da köriş (tas-ix)

Tolib Rahmatov: – Özbekistonga xuş kelibsiz! Bir neça kun avval Samarqandda Inson huquqlari böyiça Osiyo forumi bölib ötdi. Şu munosabat bilan, aynan inson huquqlari borasida bir neça savolimiz bor edi. Xalqaro  ekspertlar Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi siyosati iliqlaşuvini qayd etişmoqda. Siz rahbarlik qilayotgan taşkilotning bu borada fikri qanday?

Ingibyorg Solrun Gisladottir: – Avvalambor, meni suhbatga çorlaganingiz uçun öz minnatdorçiligimni bildiraman. Aytib ötişim kerakki, bu mening Özbekistonga ilk taşrifim. Şuning uçun, uning qisqaça tafsilotlari bilan örtoqlaşsam. Menga forumda iştirok etiş imkoniyati taqdim etilganidan xursandman. 

Guvohi bölib turibmizki, Özbekistonda köplab sohalarda özgarişlar, rivojlanişlar bor. Bu, fikrimça, Prezidentingiz tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillar davomida amalga oşirilişi közda tutilgan Harakatlar strategiyasi bilan ham boğliq. Uşbu Strategiyaning muvaffaqiyatlaridan biri sifatida mana şu forumning taşkil etilişini ham keltirib ötişimiz mumkin. Çunki, u nafaqat Özbekiston, balki butun mintaqa uçun ulkan ahamiyatga ega. Asosiy masala esa, Inson huquqlari böyiça taşkil etilgan konferensiyani BMTning Barqaror rivojlaniş dasturi bilan boğlaşdan iborat. Bunga sabab, toki inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligi ta'minlanmas ekan, barqaror rivojlanişga erişib bölmaydi. 

T.R.: – Siz inson huquqlarini himoya qiluvçi taşkilotga rahbarsiz. Özbekistonda demokratiya va inson huquqlari bilan boğliq holatni qanday baholaysiz?