Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning irlandiyalik Konor Makgregor ustidan ğalabasini şu yilning eng yorqin hodisasi, deb atadi.  

«Menimça, Habibning Makgregor bilan jangiga e'tibor qaratiş kerak. Habib ğalaba qozongan uşbu ajoyib bahs barça rekordlarni yangiladi. Habib ğalabani qölga kiritdi, bu taşkilotga uning Fergyuson, Pore bilan janglari yoki Konor bilan revanşini taşkillaştiriş imkonini beradi. Men yoki yil oxirida, yoki kelasi yil boşida ikkita-uçta qiziqarli va yorqin jangni taşkil etib berişim mumkin», - deya Uaytning sözlarini keltiradi ESPN.

UFC prezidenti revanş sanasi haqida gapirişdan boş tortdi. Uaytning fikriça, Nevada Atletik komissiyasining sud jarayoni tugaşini (dekabr oyi) kutiş kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov kim bilan jangga qiziqayotganini oşkor qilgandi.

Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) yengil vazn toifasidagi rossiyalik çempioni Habib Nurmagomedovning ma'lum qilişiça, boks böyiça sobiq jahon çempioni Floyd Meyvezerga qarşi jang uning uçun UFC jangçisi Toni Fergyuson bilan bahsdan köra qiziqroqdir.