Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida Qöşma Ştatlar yetakçisi Donald Trampdan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga xabar yetkazib qöyişni söradi. Bu har ikki prezidentning Argentinadagi G20 sammitida bölib ötadigan uçraşuvida yuz berişi kerak, deyiladi intervyuning telekanal saytidagi anonsida.
Ta'kidlanişiça, Poroşenko Putindan Ukrainani tark etişni söragan.
«Janob Putin, Ukrainadan çiqib keting», - deya Poroşenkoning sözlarini keltiradi NBC.
25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uçta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yöl olayotgan bölgan, lekin ularni Kerç böğozidan ötkazişmadi. Ukraina tomonining bildirişiça, avval Rossiya kemalar kelişi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.
Şu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuçlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerç böğozidan çiqib ketayotganida unga qarata öt oçganini ma'lum qildi. Rossiya çegaraçilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizçi yaralandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Ukraina uçun ustuvor vazifani aytgandi.
«Bugun Kremlga bosim ötkaziş bizning ustuvor vazifamizga aylanişi darkor», - deya ma'lum qildi Poroşenko.












