Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor örtasidagi ehtimoliy revanş haqida öz fikrini bildirdi.

6 oktabr kuni Nurmagomedov törtinçi raundda böğiş uslubida irlandiyalik ustidan ğalaba qozondi va UFC’ning yengil vazndagi çempioni kamarini himoya qildi.

«Men darhol revanş yuz berişini aniq bilmayman, avvaliga Nevada Atletik komissiyasi dekabr oyida qanday qaror qabul qilişini bilişimiz kerak. Şuning uçun bu haqda hattoki öylamayapman. Men kelajakda bunday jang imkoniyati böladi, deb hisoblayman, ammo komissiya qaroridan oldin darhol revanş ötkaziş haqida öylaşning heç qanday foydasi yöq», - deya Uaytning sözlarini keltiradi ESPN.

Eslatib ötamiz, avvalroq UFC rahbari yilning eng yorqin hodisasini ma'lum qilgandi.

UFC prezidenti Dana Uayt rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning irlandiyalik Konor Makgregor ustidan ğalabasini şu yilning eng yorqin hodisasi, deb atadi.