Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etiladi.
Quyidagilar madaniyat markazlarining asosiy vazifalari etib belgilandi:
aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta'minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an'analarni o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;
xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san'atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;
bolalarni to‘garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni o‘rganish va “nutq madaniyati” bo‘yicha kurslarni tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yo‘nalishlari, havaskorlik san'ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish;
adabiyot hamda san'at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini o‘tkazish;
tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san'atining tuman (shahar) miqyosidagi festivallarini o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularga pulli xizmatlar ko‘rsatish.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026