«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 30 dekabridan 2019 yil 3 yanvarigaça Yangi yil bayrami munosabati bilan barça içki reyslar uçun çegirmalar e'lon qildi.
Kompaniya matbuot xizmati ma'lumotiga köra, individual (bir kişi) yölovçilarga — 30 foizlik bayram çegirmalari taqdim etiladi.
Içki işlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat soliq qömitasi, Davlat bojxona qömitasi tegişli öquv muassasalari tinglovçilari, sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kişi), maktab, kollejlar, litseylar öquvçilari va universitetlarning talabalari uçun — 40 foizlik çegirmalar beriladi.
Oilaviy çegirmalar (ikki yoki undan ortiq kişi - eri va rafiqasi, eri, rafiqasi va 18 yoşgaça bölgan farzandlari, otasi yoki 18 yoşga tölmagan bolasi bölgan ona), şuningdek, pensionerlar va nogironligi bölgan şaxslar, 1941 — 1945 yillardagi uruş qatnaşçilari va ularga tenglaştirilganlar, Front ortidagi fidokorona mehnati uçun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uçun çegirmalar 50 foizlik böladi.
Çernobil AESi falokati oqibatlarini bartaraf qilişda iştirok etganlar uçun ham 50 foizlik çegirmalar taqdim qilinadi.

















