O‘zbekiston | 08:00 / 29.11.2018
8125
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Kontseptsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 

madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani, ushbu sohadagi institutsional tizimni va madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish; 

tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qo‘llash; 

milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, etnik madaniy an'analarni asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash; 

aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish; 

madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, madaniyatni yanada keng tadqiq va targ‘ib etishda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalardan samarali foydalanish; 

fuqarolarning, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda faol ishtirok etishi va madaniy xizmatlardan foydalanishda ijtimoiy tengligini ta'minlash; 

madaniy sohada o‘zaro samarali xalqaro munosabatlarni tashkil etish va rivojlantirish, milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash, bu borada teng huquqlilik va inson huquqlarini hurmat qilishga alohida e'tibor qaratish; 

qabul qilinayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyat sohasiga oid qarorlarning ushbu sohadagi yagona davlat siyosatiga mosligini ta'minlash; 

madaniyat va san'at muassasalarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash, ularning moddiy resurs bazasini yanada mustahkamlash, obektlarni saqlash hamda muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid