Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» yil yakunlari bo‘yicha gaz qazib olish hajmi o‘sishini prognoz qilmoqda
2018 yilda O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi 61 mlrd kubometrni tashkil etishi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 5,2 mlrd.ga ko‘pdir, deya xabar beradi «O‘zbekneftgaz».
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun neft mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan qariyb 3 mln tonna neft xomashyosini qayta ishlash kutilmoqda.
Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish boshlanganidan buyon (2017 yil va 2018 yilning 10 oyi) uglevodorodning sanoat oqimlari olinadigan 10ta yangi neft va gaz koni ochildi. Bu Ustyurt mintaqasidagi ikkita kon (gaz kondensati - Beshqal'a va Quyi Surg‘il); Buxoro-Xiva mintaqasida 7ta (gaz-kondensat - Sho‘rtak, Marvarid, Topichaksoy, Chordorboza, Andaqli, To‘maris, Janubiy Qulbeshkak) va Farg‘ona viloyatida bitta (neft-gaz kondensati - Uchtepa).
Bu yil kompaniya 14ta investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Xususan, Buxoro viloyatida «LUKOYL» (Rossiya) bilan hamkorlikda gazni qayta ishlash zavodi kompleksi qurilishi va Qandim konlar guruhini rivojlantirish ishlari tugallandi. 2018 yil aprel oyida gazni qayta ishlash zavodining ikkinchi tarmog‘i ishga tushirildi.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026