Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzolagani xabar berilgandi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantiriş va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, transport, kapital quriliş va quriliş industriyasi masalalari böyiça axborot-tahlil departamenti tuzilmasida 7 ta ştat birligidan iborat tarkibda aviatsiya tarmoğini isloh qiliş masalalari böyiça sektor tuziladi.
Uning zimmasiga quyidagilarni öz içiga olgan Özbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini rivojlantiriş siyosatini işlab çiqişni muvofiqlaştiriş vazifalari yuklandi:
mahalliy va xorijiy taşuvçilarning milliy havo qatnovlari bozoriga kiriş qoidalari;
aeroportlar infratuzilmasini va aeronavigatsion xizmat körsatişni rivojlantiriş dasturi;
davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi zarur bölgan subsidiyalanadigan aviayönalişlarni tanlaş siyosati;
aeroportlar xizmatlarini körsatişda xususiy sektor iştiroki va raqobat muhitini ta'minlaşga doir mexanizmlar;
aeroportlarning aviatsiya va noaviatsiya xizmatlari narxlarini tartibga soliş;
fuqaro aviatsiyasi sohasida iste'molçilar va atrof-muhitni himoya qiliş çora-tadbirlari;
xalqaro aviatsiya taşuvlari sohasida xalqaro şartnomalar tuziş va ularning şartlari bajarilişini ta'minlaş çora-tadbirlari.












