Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviakompaniya xodimi bolani noodatiy ismi uchun mazax qildi
Foto: ABC13
AQShning Southwest Airlines aviakompaniyasi xodimi 5 yoshli qizchani ingliz alifbosining ilk besh harfidan tashkil topgan ismi uchun mazax qildi.
ABC13 telekanalining ma'lum qilishicha, voqea Eybisidi Redford (Abcde Redford) ismli 5 yoshli qizcha Kaliforniyadagi Santa-Anadan Texasdagi El-Pasoga uchuvchi samolyotga o‘tirayotganda yuz bergan.
Yo‘lovchilarni kutib olayotgan xodim qizchani barmog‘i bilan ko‘rsatib, uning ustidan kula boshlagan hamda uning parvoz talonini suratga olib, internetda joylashtirgan. Qizchaning onasi bu holatdan achchiqlanib, shikoyat qilgan.
Biroq kompaniya ayolning murojaatini inobatga olmagan. Bo‘lib o‘tgan voqea ommalashgandan keyingina aviakompaniya uzr so‘ragan. Aviakompaniya o‘z xodimiga ushbu qilmishi uchun biror jazo qo‘llagani-yo‘qligi ma'lum qilinmagan.
Qizning ismi juda ham noyob hisoblanmaydi. Vocative sayti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda Eybisidi ismli 328 kishi yashaydi.
Mavzuga oid
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
17:45 / 23.12.2025
Yangi FlyOne Asia aviakompaniyasi O‘zbekistonda 2026 yil aprelida ish boshlaydi
09:35 / 21.11.2025
Xitoy aviakompaniyasi O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni kengaytiradi
19:55 / 14.11.2025