Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi
Foto: FVV matbuot xizmati
Joriy yilning 30 noyabr kuni kechasi va 1 dekabr kuni tongda «Qamchiq» dovonining A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi kuzatiladi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50-100 m.ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 18-23 m/s.gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.
«Ob-havoning keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV «Qamchiq» dovonidagi yo‘l harakati tirbandligi sababini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:52 / 07.02.2026
Tog‘larga ko‘p qor yog‘di: bu yil barakali, ammo xavfli mavsum bo‘ladi
22:38 / 31.01.2026
Qashqadaryoda qalin qor sababli 600 kishi tashqi dunyodan uzildi
11:35 / 29.01.2026
Qamchiq dovonida bir nechta avtomobil xandaqqa tushib ketdi
09:31 / 27.01.2026