Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» «Bunyodkor»ni, «Lokomotiv» «Navbahor»ni yirik hisobda yengdi – Superliga yakunlandi
O‘zbekiston chempionatining 27-mavsumi ortda qoldi. Bugun mamlakatning uchta shahrida yangi formatdagi Superliganing ilk mavsumi so‘nggi o‘yinlari o‘tkazildi.
Bugunga belgilangan uchala bahs ham yuqori oltilik jamoalari o‘rtasida kechdi. Bu guruhdagi kurashda barcha masala bir tur oldin hal etib bo‘lingan edi, shu bois natijalar musobaqa jadvalidagi o‘rinlarga ta'sir ko‘rsatgani yo‘q. Har uchala o‘yinda ham jadvalda yuqoriroq o‘rindagi klubning qo‘li baland keldi.
O‘zbekiston chempioni «Lokomotiv» bronza medali sohibi «Navbahor» maydoniga safar qilib, yirik 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi. Toshkentdagi derbi bahsida esa ikkinchi o‘rinni band etgan «Paxtakor» «Bunyodkor» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Bekoboddagi «Metallurg» - «Buxoro» o‘yinida mezbonlar kichik hisob (1:0) bilan g‘alaba qozondi.
Superliga, 32-tur
"Navbahor" - "Lokomotiv" – 0:3
Gollar: Sardor Rashidov (12, 53), Kaxi Maxaradze (90+2)
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Farruh Yansupov
“Paxtakor” – “Bunyodkor” – 4:0
Gollar: Tiago Bezerra (5, 44, 83), Igor Sergeyev (90+1)
Hakamlar: Vladislav Tseytlin, Ravil Shoyaxmetov, Olim Abduvosilov, Igor Xudaydatov
“Metallurg” – “Buxoro” – 1:0
Gol: Zafar To‘rayev (39)
Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Shoxruh A'zamov, Ravshan Kapadze, Naim Qosimov
Mavzuga oid
15:09 / 29.12.2025
Yil yakunlari. O‘zbek futbolidagi 10 muhim voqea
23:18 / 02.12.2025
«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi
15:31 / 01.12.2025
Temur Kapadze O‘zbekistonda qoldi
19:49 / 30.11.2025