Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi innovatsion maktabga avtobus va planshetlar sovg‘a qilishga topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Urganch shahridagi «Nihol» innovatsion maktabini borib ko‘rdi.
Joriy yil sentabr oyida faoliyat boshlagan ushbu nodavlat ta'lim muassasasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mental arifmetika, ingliz va rus tillarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatishga ixtisoslashgan. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxmat to‘garagi tashkil etilgan. Maktabga tayyorlov guruhlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Maktabda 19ta fan xonasi, kutubxona, oshxona, sport zali, o‘qituvchilar va hamshira xonalari, faollar zali mavjud.
Hozirda innovatsion maktab 250 o‘ringa mo‘ljallangan. Ehtiyojdan kelib chiqib yana 500 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etish rejalashtirilgan. Unda bolalar o‘qishni yuqori sinflarda ham davom ettirib, bilimini mustahkamlab boradi.
«Davlatimiz rahbari o‘qituvchilar faqat dars berish bilan shug‘ullanmasdan bolalarning dunyoqarishini o‘stirishi, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishi, ularning ruhiyatiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi zarurligini ta'kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Maktabga avtobus va o‘quvchilarga planshetlar sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi islohotlar natijadorligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
15:21 / 02.03.2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tabiiy gaz uchun isitish mavsumi bazaviy me’yori 15 martgacha uzaytirildi
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
09:42 / 29.01.2026