Jahon | 14:12 / 30.11.2018
11743
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina rossiyalik erkaklarning mamlakatga kirishini taqiqladi

Foto: Getty Images

Ukraina davlat chegara xizmati mamlakat hududiga Rossiyaning 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak jinsiga mansub fuqarolari kirishini taqiqladi. Bu haqda chegara xizmati boshlig‘i Petr Tsigikal ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

"O‘tkazish punktlarida nazorat kuchaytirilmoqda. Xorijliklar, birinchi navbatda, Rossiya fuqarolari uchun kirish chegaralandi. Rossiya Federatsiyasining 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak jinsiga mansub fuqarolariga Ukrainaga kirish taqiqlandi", degan u Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan uchrashuvda.

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Pavel Klimkin Rossiya bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatish tarafdori ekanligini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid