Oliy Majlis Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev boşçiligidagi Özbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga (MDH) a'zo davlatlarning Parlamentlararo assambleyasi Kengaşi taklifiga binoan Sankt-Peterburg şahrida bölib ötayotgan MDH Parlamentlararo assambleyasining 48-majlisi işida iştirok etmoqda.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, MDH Parlamentlararo assambleyasining 48-yalpi majlisi doirasida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yöldoşev Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Parlamentlararo assambleyasi töğrisidagi Konventsiyasini imzoladi.

Senat raisi MDH Parlamentlararo assambleyasi majlisi iştirokçilari oldida sözlagan nutqida ta'kidlaganidek, Özbekistonda MDH doirasidagi jarayonlar rivojlanişini, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi organlari faoliyatini, şu jumladan yangi tarixiy şart-şaroitlarda iştirokçi davlatlar örtasida parlamentlararo hamkorlikka faol va samarali kömaklaşayotgan MDH Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

MDH Parlamentlararo assambleyasi jahon parlamentarizmi tizimida munosib örin egallagani qayd etildi. Parlamentlararo assambleyaning muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlaşda Rossiya Federatsiyasi muhim hissa qöşayotganiga alohida urğu berildi.

Özbekiston parlamenti delegatsiyasi a'zolari joriy yil 30 noyabrda bölib ötadigan va uruş vaqtida ayrim portlatuvçi öq-dorilarni qöllaşni taqiqlaş töğrisidagi Sankt-Peterburg deklaratsiyasining 150 yilligiga bağişlangan xalqaro konferensiya işida ham iştirok etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Niğmatilla Yöldoşev Rossiyaga safar qilişi xabar berilgandi.