2018 yil 18 yanvar kuni, soat taxminan 10.30larda «Samara-Çimkent» avtomobil yölining 1068-kilometrida ikki yarusli «Kassbohrer» avtobusi yonib ketgandi, uning içida 57 kişi bölgan. Röy bergan hodisa oqibatida Özbekiston Respublikasining 52 nafar fuqarosi halok böldi, 5 kişi kuyiş jarohatini oldi.

Uşbu avtobus Qozoğiston Respublikasining 46 yoşli fuqarosi O.M.ga tegişli bölib, u Qozoğiston Respublikasi huquq-tartibot idoralariga bormagan va tergovdan yaşiringan. Qozoğiston Respublikasida u mamlakat Jinoyat kodeksining 348-moddasi 4-qismida («Avtomobillarning sifatsiz darajada ta'mirlanişi yoki ularning texnik nosozliklar bilan işga tuşirilişi») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Poytaxt IIBB xabariga köra, 2018 yil 20 noyabr kuni Toşkent şahrining Sergeli tumanida ötkazilgan qöşma tezkor-qidiruv tadbirlari davomida davlatlararo qidiruvda bölgan O.M. qölga olindi.

22 noyabr O.M. ekstraditsiya qiliş masalasi hal qilinmagunga qadar, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining tegişli muassasasiga joylaştirildi.

Qayd etilişiça, qölga olingan şaxsni Qozoğiston Respublikasi huquqni muhofaza qiliş idoralariga topşiriş tartibi Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi xalqaro huquqiy kelişuvlarga muvofiq ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq prokuror Aqtöbeda yonib ketgan avtobusdagi özbekistonliklar nega darhol yugurib çiqişmaganini aytgandi.

Aqtöbeda 52 özbekistonlik ölimida ayblangan qozoğistonlik haydovçilarga hukm öqildi