Kerç böğozida manyovrlar vaqtida yuz bergan töqnaşuv oqibatida ikkita kemaga zarar yetdi. Bu haqda FleetMon xabar qilmoqda.
Kemalar harakatlanişini real vaqt rejimida kuzatib boruvçi sayt ma'lumotlariga köra, Lady Maria (Togo bayroği ostida) yuk kemasining manyovr qilişi davomida uning vinti Azov Concord (Malta bayroği ostida) yuk kemasi langar zanjiriga kirib qolgan. Hodisa 30 noyabr kuni sodir bölgan.
Ta'kidlanişiça, har ikki kema ham Konstansiyadan Azov dengizidagi Rossiya va Ukraina portlariga yöl olayotgan bölgan hamda böğoz orqali tranzitni kutişgan. Töqnaşuv natijasida Lady Maria vintiga zarar yetdi, Azov Concord, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, langar zanjirini yöqotib qöygan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Qora dengizdagi hodisada harbiylari iştirok etganini tan olgandi.












