Özbekiston Respublikasi favqulodda va muxtor elçisi Alişer A'zamxöjayev (qarorgohi Anqara şahrida) Bolgariya Respublikasi prezidenti Rumen Radevga işonç yorliqlarini topşirdi.

TIV xabariga köra, Bolgariya prezidenti ma'muriyati binosidagi tantanali marosimdan keyin suhbat bölib ötgan. Bolgariya rahbari ikki tomonlama munosabatlar holatini yuqori baholar ekan, hamkorlikni kengaytiriş uçun mavjud salohiyatga e'tibor qaratgan.
Prezident işonç bildirişiça, sönggi ikki yilda kuzatilayotgan Bolgariya-Özbekiston aloqalarining faollaşuvi mamlakatlarimizning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Ikki davlat rahbarlarining ötgan yili Nyu-York şahrida bölib ötgan uçraşuvida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişdan, jumladan qişloq xöjaligi, oliy ta'lim va yuqori texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirişdan tomonlar manfaatdorligi ta'kidlandi.
Özbekiston Bolgariyaning mintaqadagi dösti, işonçli va istiqbolli hamkori ekanligini Bolgariya prezidenti qayd etdi, şuningdek, Bolgariya-Özbekiston munosabatlarini tomonlarni qiziqtirgan barça yönalişlarda sifat jihatidan yangi darajaga kötarişga mamlakati tayyor ekanligini bildirdi.
Prezident Rumen Radev prezident Şavkat Mirziyoyevga samimiy qutlov va özining çuqur ehtiromini izhor etdi va Bolgariya tomoni kelgusi 2019 yilda Özbekiston rahbarining Bolgariyaga taşrifini taşkil etişni rejalaştirayotganini tasdiqladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Şveytsariyaga borişi xabar qilingandi.











