Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestri shakllantiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilanishicha, fermer xo‘jaligi Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritilgan kundan boshlab ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi maqomiga ega bo‘ladi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligidir.
Fermer xo‘jaliklarini Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritish O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari va ular tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha faoliyat amalga oshirilishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish haqidagi ma'lumotlarning yagona elektron bazasini yaratish;
respublikadagi fermer xo‘jaliklarining holati va salohiyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tizimli jamlab borish;
fermer xo‘jaliklarining qonun hujjatlarida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari uchun belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar monitoringini olib borish imkoniyatini yaratish;
Reyestrga kiritilgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga nisbatan ular Reyestrga kiritilgan kundan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash.
Reyestrni shakllantirish va tizimli yuritish tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan taqdim etiladigan materiallar asosida Kengash tomonidan amalga oshiriladi. Tuman kengashlari fermer xo‘jaliklarini Reyestrga kiritish uchun hujjatlarni qabul qiladi, dastlabki ko‘rib chiqishni amalga oshiradi va Kengashga taqdim etadi. Fermer xo‘jaligini Reyestrga kiritish ixtiyoriy ravishda fermer xo‘jaligining arizasiga asosan va bepul amalga oshiriladi. Reyestr viloyatlar va tumanlar bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasi shaklida Kengashning rasmiy veb-saytida e'lon qilish (joylashtirish) orqali yuritiladi. Reyestrning shakli va mazmuni Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Reyestr ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Reyestrga kiritishda yoki uni yangilashda har bir ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga nisbatan kuyidagi ma'lumotlar va ko‘rsatkichlar aks ettiriladi (yangilanadi):
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining nomlanishi;
soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (INN);
korxona va tashkilotlarning umumiy tasniflanish kodi (KTUT kodi);
ma'muriy-hududiy mansubligini aniqlash kodi (MQOBT);
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi joylashgan joy;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi;
ishlab turgan o‘z asosiy vositalari ro‘yxati (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar);
yer uchastkasining konturlari;
aloqa vositalari (telefon, faks, mavjud bo‘lsa elektron pochta);
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi Reyestrdan chiqarilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlar (shunday holat kuzatilgan bo‘lsa).
Mavzuga oid
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
11:54 / 16.02.2026