Germaniyaning Pro Aurum kompaniyasi Avstriya zarbxonasi bilan hamkorlikda Myunxenda qiymati 2,3 million yevrolik Yevropadagi eng qimmat rojdestvo archasini o‘rnatdi.

Archaning balandligi 3 metrga yaqin bo‘lib, akril piramida ko‘rinishida. U 2018 dona Wiener Philharmoniker oltin tangalari bilan bezatilgan. Archaning qiymati 2,3 million yevroni tashkil etadi.

Archa kompaniyaning Myunxendagi ofisida 15 dekabrgacha turadi. Qayd etilishicha, u tunu kun qo‘riqlov ostida bo‘ladi.