Grizmann: «Oltin to‘p»ni olish uchun bundan ortiq yana nima qilish kerakligini bilmayman»
Fransiya terma jamoasi va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann 2018 yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kirita olmaganidan afsusda emasligini bildirdi.
«Xafa emasman. Podiumga ko‘tarilganim va jahon chempioni bo‘lganimdan juda ham faxrlanaman. Kelgusida Modrichning o‘rnida klubdagi yoki terma jamoadagi sheriklarimdan biri bo‘lsa kerak.
2018 yilda Yevropa Ligasi va Jahon chempionatida g‘olib chiqdim, yana nima qilishim kerak edi, deysizmi? Buni bilmayman», - deb aytgan Grizmanndan iqtibos keltirdi Goal.com.
Eslatib o‘tamiz, Antuan France Football so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va g‘olib Luka Modrichdan keyingi uchinchi o‘rinda qayd etildi.
Mavzuga oid
10:50 / 01.11.2024
France Football bosh muharriri Vinisius nega «Oltin to‘p» yutmaganini tushuntirdi
15:33 / 30.10.2024
Vinisiusning fanatlari nafratini Rodrining «adash»lariga sochishdi
16:30 / 29.10.2024
Egasini topgan «Oltin to‘p». Yoki «Real»ga nisbatan adolatsizlik qilindimi?
02:55 / 29.10.2024