Germaniya kansleri Angela Merkel Forbes jurnali talqiniga ko‘ra 2018 yilning eng kuchli ta'sirga ega ayoli bo‘ldi.

Foto: Getty Images
Germaniya kansleri qatorasiga sakkizinchi marta birinchi o‘rinni egallamoqda. Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, uchinchi o‘rinda XVJ rahbari Kristin Lagard joylashdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Yuqori beshlikni General Motors kompaniyasi bosh direktori Meri Barra va Fidelity Investments kompaniyasi raisi va prezidenti Ebigeyl Jonson yakunlaydi.















