Sport | 02:37 / 04.12.2018
35815
2 daqiqa o‘qiladi

Luka Modrich "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi

Foto: Getty Images

"Real Madrid" hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich France Football tomonidan o‘tkazilgan 2018 yilgi "Oltin to‘p"ga munosib ko‘rildi. 

Xorvatiyalik futbolchi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda "Atletiko Madrid" forvardi Antuan Grizmanni ortda qoldirdi. 

O‘tgan mavsumda 33 yoshli futbolchi "Real Madrid" tarkibida Chempionlar Ligasidagi qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Xorvatiya terma jamoasi safida esa Modrich JCh-2018’da finalga qadar yetib bordi va musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 

Modrich avgust oxirida UYeFA tomonidan 2017-18 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi. Sentyabrda esa FIFA tomonidan yil o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘lgan edi. 

«Oltin to‘p - 2018» so‘rovnomasi reytingi 

1. Luka Modrich («Real», Xorvatiya)
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya)
3. Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya)
4. Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya)
5. Lionel Messi («Barselona», Argentina)
6. Muhammad Saloh («Liverpul», Yegipet)
7. Rafael Varan («Real», Fransiya)
8. Eden Azar («Chelsi», Belgiya)
9. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya)
10. Xarri Keyn («Tottenxem», Angliya)

Mavzuga oid