Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mbappe jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Fransiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e'tirof etildi. U France Football tomonidan yangi ta'sis etilgan Raymon Kopa nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi.
Ushbu sovrin uchun kurashda Mbappe «Liverpul» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold, «Milan» hujumchisi Patrik Kutrone va shu klub darvozaboni Janluiji Donnarummani ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Kilian yozda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida g‘olib chiqdi va mundialning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi.
Mbappe «PSJ»ga 2017 yil yozida «Monako»dan 135 mln yevroga kelib qo‘shilgan edi. Fransiya chempionatining ushbu mavsumida u 10ta o‘yinda qatnashib, 12ta gol urgan hamda jamoadoshlariga 4ta samarali pas uzatgan.
Mavzuga oid
07:48 / 10.07.2026
Fransiya Marokashni turnirdan chiqarib yubordi
20:55 / 07.07.2026
«Mustamlakadan chiqqan kamerunlik». Mbappega irqchilik qilindi
10:45 / 05.07.2026
JCh kundaligi. Paragvay Fransiyani qiynadi, Marokash Kanadani jazoladi
12:18 / 01.07.2026