2017 yilda tabiiy ofatlar 11,5 ming kişining hayotiga zomin böldi va 375 mlrd dollardan köproq zarar yetkazdi. Tabiiy ofatlardan eng köp Puerto-Riko, Gonduras va Myanma zarar körgan. Bundan davlatlarning global iqlim xavflari indeksi reytingi (KRI) darak bermoqda. Bu reyting 4 dekabrda Polşaning Katovitsa şahrida ötayotgan BMTning iqlim böyiça anjumanida taqdim qilindi.

Umumiy hisobda ötgan 20 yil içida tabiiy ofatlardan 526 mingdan köproq kişi halok bölgan, yetkazilgan zarar esa 3,5 trln dollarni taşkil qilmoqda.

“Joriy yildagi rekord darajadagi qurğoqçilik va anomal yuqori haroratlar reytingning keyingi tahririda Yevropa davlatlari mutaxassislarning diqqat markaziga yanada köproq tuşişiga olib kelişi mumkin”, deb aytgan KRIning boş tuzuvçisi David Ekştayn.

KRI indeksi muayyan davlatlar ekstremal ob-havo hodisalari, xususan, issiq havo, dovullar, toşqinlar va boşqa tabiiy ofatlardan qançalik ziyon körganini körsatadi.