Ota-onalar Andijonning chekka hududidagi bog‘chadagi holat yuzasidan bir necha bor murojaat qilishgach, Andijon tumanidagi Orol qishlog‘iga bordik.

Orol qadimiy qishloq bo‘lib, Andijon  va Paxtaobod tumani o‘rtasidagi adirliklar orasida joylashgan. Katta va 10 ming nafarga yaqin aholi yashaydigan hudud. Aholi vakillarining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, qishloqda 1500taga yaqin oila istiqomat qilar ekan. O‘zbegim bolajon xalq. Qishloqning har bir xonadonda kamida bittadan yosh bola bor.

Lekin, Orol qishlog‘ida faoliyat yuritayotgan 35-maktabgacha ta'lim muassasasidagi holatni achinarli deyishning o‘zi kamlik qiladi.

90 nafardan ziyod bola tarbiyalanayotgan maskan o‘tgan asrning 50-yillarida qurilgan eski, nurashga kelgan binoda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Maskandagi antisanitariya holatidagi oshxona, bolalar uchun o‘yin maydoni, guruhlardagi bolalarga mashg‘ulot o‘tish xonalari, aftodahol yotoqxona umuman bugungi kun talabida emas.

Har qanday maktabgacha ta'lim muassasasida har bir guruhning o‘z yechinish xonasi, mashg‘ulot xonasi va yotoqxonasi bo‘ladi. Ba'zi zamonaviy komplekslarda yig‘iladigan jihozlar bilan ta'minlangan bo‘lsa, barchasi bir xonada joylashishi ham mumkin.  

Nilufarxon Iminova rahbarligidagi bog‘chaning tayyorlov guruhi xonalariga kiramiz. Bolalar kunduzgi uyquga yotgan ekan. 26 nafar bola ro‘yxatda turadigan  tayyorlov guruhiga 22 nafari kelibdi. Guruh  yotoqxonasida esa 10 nafarga yaqin kichik guruh bolalari birga aralashib yotishardi. «