Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida Pinochet diktaturasi vaqtidagi 53 nafar sobiq agentga jazo hukmi chiqarildi
Augusto Pinochet/Foto: globallookpress.com
Chilining DINA maxsus xizmatining 53 nafar sobiq agenti general Augusto Pinochet harbiy diktaturasi vaqtida sodir etgan jinoyatlari uchun turli muddatlarga qamoq jazosiga mahkum qilindi.
VTV kanalining xabar berishicha, ular Chili sudi tomonidan 1976 yilda kommunistik partiyaning 8 a'zosini o‘ldirishda aybdor deb topilgan. Kommunistlar maxsus operatsiya natijasida o‘g‘irlanib, keyin o‘ldirilgan.
Sobiq agentlar bu jinoyatlarda ishtirok etgani darajasiga qarab 3 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi olgan.
General Pinochet 1973 yilda Chilidagi harbiy to‘ntaruvga boshchilik qilgan, so‘ngra hokimiyatni o‘z qo‘liga olib, uni 1990 yildagina fuqarolik hukumatiga topshirgan. Pinochet boshqaruvi vaqtida Chilida siyosiy sabablar bilan deyarli 3,2 ming kishi o‘ldirilgan, 1,2 ming kishi bedarak yo‘qolgan, 28 ming kishi qiynoqqa solingan. Pinochetning o‘ziga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, biroq u 2006 yilda vafot etgan.
Mavzuga oid
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
20:14 / 19.09.2025
Chililik ayol o‘g‘irlangan qizlarini 45 yildan keyin topdi
21:36 / 23.06.2025