Indoneziyalik talabalar xori O‘zbekiston madhiyasini ijro etdi (video)

Indoneziyadagi eng yaxshi talabalar xori deb topilgan «Gunadarma» universiteti xori O‘zbekiston madhiyasini ijro etdi. Mazkur video O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook sahifasida taqdim etildi.

Shuningdek, Indoneziyada O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlovchi visituzbekistan.id turizm portali ishga tushdi.
2018 yilning 10 fevralidan qator mamlakatlar, shu jumladan Indoneziya fuqarolari uchun vizasiz rejimning yo‘lga qo‘yilishi ikki mamlakat turizm aloqalarini mustahkamlash uchun turtki bo‘ldi.
Turizmni rivojlantirish, ushbu sohada kadrlarni tayyorlashga oid xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish maqsadlarida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «Tourism brand Ambassador of Uzbekistan» (Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston turizmi elchisi) institutini targ‘ib qilish tashabbusi bilan chiqdi va bugunga kelib Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Qozog‘iston kabi qator mamlakatlarda turizm elchilari faoliyat yuritmoqda.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Indoneziyadagi eng yirik xususiy universitet «Gunadarma» rektori va Indoneziyadagi Indoneziya-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Eko Shri Margianti nomzodini tanladi.
«Gunadarma» universiteti O‘zbekiston bilan 2010 yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Dastlab Rossiya davlat iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filiali va sobiq Toshkent avtomobil yo‘llari instituti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan. Bugunga kelib Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Arxitektura va qurilish instituti, Tekstil va yengil sanoat instituti, Kimyo-texnologiya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Xorijiy tillar instituti, Farg‘ona davlat universiteti va Politexnika instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Indoneziya eng ko‘p musulmon aholiga ega mamlakat bo‘lib, ushbu davlat fuqarolari O‘zbekiston islom madaniy merosiga katta qiziqish bildirishmoqda. Indoneziya Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi TIV bilan birgalikda keng reklama kampaniyasini olib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Shu bilan birga, Indoneziya dam olish uchun mashhur yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston turistik infratuzilmasini rivojlantirishda Indoneziyaning xizmat ko‘rsatish va kadrlar tayyorlashga oid tajribasidan foydalanish mumkin.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Jamiyat | 10:24
-
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 10:00
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi

17:42 / 12.05.2025
Dunyodagi eng baxtli shahar aniqlandi

13:51 / 12.05.2025
O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ziyod xorijiy sayyoh keldi

09:50 / 03.05.2025