11:09 / 05.12.2018
12234

Modrich bir sirni ochdi: o‘z vaqtida Venger uni «Arsenal»ga qabul qilmagan

Foto: REUTERS

«Oltin to‘p» sohibi Luka Modrich faoliyatining boshida «Arsenal»ga o‘tishi ehtimoli bo‘lgan. Uning shu haqdagi so‘zlarini France Football chop etdi.

Qayd etilishicha, «to‘pchilar»ning o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Arsen Venger 18 yoshli xorvatiyalik futbolchining xaridini ma'qullamagani uchun transfer amalga oshmay qolgan. O‘shanda Luka Zagrebning «Dinamo» klubi a'zosi edi.

«Vengerning rad javobini men yengib o‘tishim kerak bo‘lgan yangi sinov sifatida qabul qilganman. O‘sha vaqtda u men haqimda shunday fikrda bo‘lgan», - deya aytib o‘tdi Modrich

Ma'lumot uchun, xavbek «Dinamo» bilan 2005 yilda 10 yillik bitim imzolagan va 2008 yil yozida «Tottenhem»ga ko‘chib o‘tgan. 

Mavzuga oid
Top