Özbekiston Professional Futbol Ligasi ortda qolgan mavsum davomida özini har tomonlama körsatib, muxlis-u mutaxassislar olqişiga sazovor bölgan eng yaxşilarni taqdirlaş marosimini ötkazadi.
Yil yakunlariga bağişlangan tantanali marosim 14 dekabr kuni bölib ötadi, deb xabar beradi PFL sayti.
PFL quyidagi nominatsiyalarda eng yaxşilarni taqdirlaydi:
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi futbolçisi;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi murabbiyi;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi darvozaboni;
- Özbekiston çempionatining eng çiroyli goli;
- Superliga - 2018 töpurari;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi yoş futbolçisi;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi ayol futbolçisi;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi futzalçisi;
- Fair Play sovrini;
- Özbekiston Professional Futbol Ligasi maxsus sovrini.
Şuningdek, yil yakunlariga bağişlangan tantanali marosimda mavsum davomida öz sohasi böyiça qolgan klublarga örnak böla oladigan tarzda faoliyat olib borgan matbuot xizmati, marketing xizmati va muxlislar bilan işlaşda yaxşi natijalarga erişgan fan-klublar ham alohida taqdirlanadi.

















