O‘zbekiston | 10:24 / 06.12.2018
7239
4 daqiqa o‘qiladi

International Tashkent mehmonxonasi Delta City direksiyasiga qo‘shildi

Foto: AAT Travel

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Toshkent shahrida "Delta city" xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi" loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 4 iyuldagi PQ-3833-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Toshkent shahrida "Delta city" xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi" loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2018 yil 4 iyuldagi PQ-3833-son qarorining 3-bandiga muvofiq loyiha hududida joylashgan va davlat organlari, davlat korxonalari hamda muassasalarga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan boshqa tashkilotlarga tegishli binolar hamda inshootlar tutash hududlari bilan birga Direktsiyaga Direktsiya ulushini ko‘paytirish hisobiga beg‘araz asosda berilmoqda;

"O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Raqamli ishonch" raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida" 2018 yil 2 sentabrdagi PQ-3927-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Hi-tech city" xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi" davlat unitar korxonasi "O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Delta city" xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi" davlat unitar korxonasiga o‘zgartirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining:

a) Direktsiyaga:

"Xalqaro hamkorlik markazi" AJ va "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma kompleksi AJ ustav kapitalidagi aksiyalar davlat paketi bo‘yicha aksiyador huquqini;

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bino va inshootlarini operativ boshqaruvga berish hamda ularni keyinchalik Markazga shartnoma asosida beg‘araz foydalanish uchun berish;

b) "Interservis" respublika xo‘jalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasi (International Tashkent mehmonxonasi) davlat korxonasini Direktsiyaga qo‘shish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Direktsiya bilan birgalikda aksiyalar davlat paketlari, shuningdek, bino va inshootlarni belgilangan tartibda qabul qilish-topshirishni ta'minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqqan holda kiritiladigan o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritadi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari S.R.Xolmurodov va A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklandi.

Mavzuga oid