6 dekabr, payşanba kunidan, Kuba aholisi uçinçi avloddagi aloqa texnologiyasi (3G) böyiça mobil internetdan foydalanişi mumkin. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Bu haqda Kubada telekommunikatsion xizmatlar körsatuvçi yagona provayder - ETECSA rahbari Tanya Velaskes bayonot berdi.

«Ulaniş jarayoni 8 dekabrga qadar bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Har bir abonent xizmat faollaştirilganini tasdiqlovçi xabar qabul qilib oladi», - dedi Velaskes.

Ta'kidlanişiça, kubaliklarga törtta ma'lumotlar töplami taklif etiladi. Eng arzon tarif 600 Mb bölib, oylik 7 AQŞ dollari miqdoridagi abonentlik tölovini nazarda tutadi. 4 Gb hajmidagi töplam esa kubaliklarga 30 dollarga tuşadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda internet umumiy ötkaziş qobiliyati 10 martaga ösgani, endi internet tezligida «gaça» qöşimçasi işlatilmasligi xabar berilgandi.