Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga o‘qishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga o‘qishga kirishni xohlagan fuqarolar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa o‘z xizmat o‘tash joyiga tegishli ravishda bildirgi bilan murojaat qiladi.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari va Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bitiruvchilari orasidan Institutga o‘qishga kirish uchun nomzodlarning shaxsiy yig‘ma jildlari ular joylashgan hududdagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari tomonidan rasmiylashtiriladi.

O‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 1 apreliga qadar qabul qilinadi.

Institutga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

• ariza (bildirgi);
• pasport nusxasi;
• tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
• chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
• tarjimai hol (qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan);
• nomzod to‘g‘risidagi ma'lumotlar anketasi;
• o‘qish, ish, xizmat o‘tash joyidan tavsifnoma (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan, xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa);
• ota-onasining ish joyidan ma'lumotnoma (agar ishlayotgan bo‘lsa);
• ma'lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
• oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida asli ko‘rsatiladi);
• yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘limi haqida guvohnomaning nusxasi;
• 3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);