Armanistonning sobiq prezidenti Robert Koçaryan apellyatsiya sudining uni hibsga oliş qarorini şaxsiy öç oliş deb atadi.
“Bu hukumatning qöpol bosimi ostida qabul qilingan siyosiy qarordir. Şaxsiy öç oliş, menga va mening oilamga qarşi vendetta”, deb aytilgan Koçaryan bayonotida.
Koçaryanning fikriça, uning işini körgan sudya qonunga xilof ravişda tanlangan.
“Men ötgan yöl, mening boşqaruvim vaqtida erişilgan natijalar, Armaniston, Artsax (Qoraboğ) va xorijdagi obröyim, mening siyosiy istiqbollarim hozirgi populist va davlatni boşqara olmaydigan rahbarga tinçlik bermayapti”, deyilgan Koçaryan bayonotida.
Koçaryan Armaniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Nikol Paşinyanni qurbonlarga olib kelgan 2008 yil 1 martdagi ommaviy tartibsizliklarning boş taşkilotçisi deb atagan. “U özini qondan tozalab, meni aybdor qilmoqçi”, deb aytgan Armanistonning sobiq prezidenti.
Armanistonning birinçi prezidenti, 2008 yil 19 fevraldagi prezident saylovlarida iştirok etib, Serj Sargsyanga yutqazgan Levon Ter-Petrosyan boşçiligidagi muxolifat saylovlarning rasmiy natijalaridan norozi bölib Yerevanda namoyişlar ötkazgan. Namoyişlar 1-2 mart kunlari tartibsizliklarga va namoyişçilarning huquq-tartibot xodimlariga qarşi töqnaşuvlariga aylanib ketgan. Oqibatda 10 kişi halok bölgan, 200 ga yaqin kişi jarohat olgan.
Paşinyan öşanda Ter-Petrosyan saylovoldi ştabi a'zosi va norozilik namoyişlarining faol iştirokçisi bölgan. U huquq-tartibot idoralari tomonidan qidiruvga berilgan va 2009 yil yozda hukumatga taslim bölgan. Yerevan sudi Paşinyanni ommaviy tartibsizliklarni taşkillaştirganlik uçun 7 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgan. Biroq Paşinyan 2011 yil mayida amnistiya bilan ozodlikka çiqarilgan.

















