Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portalida «Tekstil va tikuv-trikotaj sanoatida sohaning eksport salohiyatini yuksaltirişga yönaltirilgan islohotlarni yanada çuqurlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Bu mening xotiramdagi sohani boşqarişning mavjud – eskirgan tizimini saqlab qoliş oçiqdan oçiq lobbi qilinayotgan va ma'murçilik islohotini yöq qilişga qaratilgan ikkinçi hujjat loyihasidir, — deb yozadi iqtisodçi ekspert Yuliy Yusupov. — Birinçisi «Elektrotexnika sanoatini rivojlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» deb nomlangan edi va u haqida öz vaqtida men maqola ham yozgan edim.

Keling, bir neçta savol qöyib, ularga javob beraylik:

Sohalar ustidan davlat boşqaruvi tizimini isloh qiliş nega kerak?

Ayni paytda iqtisodiyotning köplab sohalari bozor iqtisodiyoti prinsiplariga mutlaqo zid bölgan uslublarda tartibga solinib kelinyapti. Tartibga soliş bilan «assotsiatsiya»lar, «konsern»lar yoki kamtargina «aksiyadorlik jamiyati»lariga aylantirilgan sobiq vazirliklar şuğullanişmoqda va ular öziga xos bölmagan quyidagi funksiyalarni bajarişmoqda:

  • Sohani rivojlantiriş siyosatini belgilaş, soha işlaşi kerak bölgan qoidalarni işlab çiqiş (bular vazirlik, hukumat va parlament funksiyasidir);
  • Mazkur siyosatni amalga oşiriş, masalan, ruxsatnoma, litsenziya beriş, standartlar va boşqa narsalarni belgilaş (bu davlat agentligi funksiyasi);
  • Örnatilgan qoidalarning bajarilişini nazorat qiliş (davlat inspeksiyasi funksiyasi);
  • Soha korxonalari manfaatlarini ilgari suriş (köngilli assotsiatsiya funksiyasi);
  • Tijorat faoliyati (bu bilan mustaqil tijorat korxonalari şuğullanişi kerak).

Bularning barçasi bilan bitta idora şuğullanadigan bölsa manfaatlar töqnaşuvi yuz berişi şundoq körinib turibdi. Biz uçun hayotiy zarur bölgan islohotning mohiyati uşbu funksiyalarning barçasini bir biridan mustaqil tuzilmalar örtasida ajratilgan bölişiga erişişdir. Çunki, bitta muassasaning özi siyosatni belgilab, özi uni amalga oşirişi, özi şu siyosat obekti bölişi va özini özi nazorat qilişi mumkin emas, axir. Bu soğlom tafakkur çegarasidan çiqib ketgan, turib bitgan absurdning özginasi-ku?! Lekin bugun iqtisodiyotimizning köplab sohalari aynan mana şunday absurd usullar bilan boşqarilmoqda. Samarasizlik, monopolizm va korrupsiyaga ham şular sabab bölmoqda.