Kun.uz'ning navbatdagi multfilmida bozor iqtisodiyotiga çala ötiş, yarim-yortilik qanday oqibat keltirişi haqida söz boradi. Özi mustaqil “yura olmaydigan” korxonalarni qöllaş hatto qudratli SSSRni ham tanazzulga uçratgan.
Ikki xil asosiy iqtisodiy tuzum bor.
Birida hammasini davlat boşqaradi: nima, qança, qayerda işlab çiqarişni korxonalarga buyurib turadi, reja belgilaydi va reja bajarilişini özi nazorat qiladi. Mahsulot işlab çiqarişni ham davlat budjetidan ta’minlab turadi. Keyin tayyor mahsulotni özi taqsimlaydi ham.
Bu tuzumning “tozasi” – SSSR muvaffaqiyatsizlikka uradi, çunki samarasiz, özi mustaqil yura olmagan korxonalarni qöllayverib, qöllayverib, oxiri tanazzulga uçradi.
“Yurolmaydigan” korxonalar
Har qanday korxonani samarali qiladigan omillar bor. Asosiy omil – korxonani rivojlantiriş ISTAGI. “I-ye, rivojlaniş istagi bölmasligi ham mumkinmi?!” – deysiz siz buni eşitib. Ha, böladi şunaqasi. Qanday holatda?
Masalan, korxona raqobatsiz muhitda işlayotgan bölsa. Ya’ni atrofida u bilan raqobatlaşadigan heç kim bölmasa. Korxona işlab çiqargan mahsulotining sotilişi naqd – aniq bölsa yoki, deylik, korxonaga xomaşyo yetkazib beruvçilar majburiy biriktirilgan bölsa, unda korxonani rivojlantirişga stimul bölmaydi, axir, şundoğam sotilyapti mahsulot, şundoğam kelib turibdi xomaşyo. Nega kerak uriniş, mahsulot sifatini oşiriş, korxona tizimini mukammallaştiriş, xaridor könglini ovlaş, xomaşyo yetkazib beruvçilar uçun kuraşiş?! Raqobatçi yöq-ku!
Rivojlanmaslikka yana bir sabab – davlat korxonani doimiy qöllab turadi, yöl qöygan xatolarini budjet hisobidan yopib turadi, natijada korxona öz xatolarini tahlil qilmaydi va, tabiiyki, tuzatmaydi. Imkon böldi degunça samarasizligini boşqa omillarga tönkaydi – davlatdan yordam oliş uçun.
Ha, bunday korxonalar ham jamiyatga foyda keltirişi, odamlarni iş bilan ta’minlaşi mumkin. Ammo hamma narsaning foydasi taroziga solinganda bilinadi: sun’iy raqobatsizlik muhiti iqtisodiyot rivojlanişiga yöl bermaydi – minglab korxonalar oçilişi mumkin bölgan paytda, yakka-yakka korxonalargina, buning ustiga monopol vaziyatda faoliyat yuritadi. Korxonalar kamligi rivoj uçun zarar – ular köp bölişi va özaro raqobat qilişi kerak.
Aynan şunday yomon manzara sodir bölmasligi uçun, bozor munosabatlariga tugal ötmoq kerak.








