Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov Qozon şahrida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uçraşuv ötkazdi.
Tomonlar oldingi uçraşuvlarda erişilgan ikki tomonlama kelişuvlarning holati, şuningdek, mavjud vaziyatni muhokama qildilar.
Tatariston rahbarining aytişiça, tomonlar neft qazib oliş sanoati sohasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuvga erişgan. Şuningdek, uning eslatişiça, Tatariston Özbekistonda loyiha institutlaridan birining filialini oçiş maqsadida ekanini bildirgan.
Minnixanovning ta'kidlaşiça, Tatariston va Toşkent viloyati köplab yönalişlar böyiça hamkorlik qilişi mumkin: tayyor mahsulotlarni yetkazib berişdan tortib, qöşma loyihalarni birgalikda amalga oşirişgaça.

















